21:45 / 11.12.2025
32 651

Sindarov "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida 4-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 5–12-dekabr kunlari JARning Keyptaun shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu turnirda dunyoning yetakchi shaxmatchilari aylanma va nokaut tizimida o‘zaro kuch sinashdi. Turnirda 8 nafar grossmeyster ishtirok etdi, ular orasida Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Vinsent Keymer va Javohir Sindarov ham bor edi.

Shuningdek, bu turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ishtirok etishini davom ettirdi va dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi Vinsent Keymerga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib bordi. Afsuski, Javohir ikkita bahsda ham mag‘lub bo‘ldi.

Biroq, turnirda o‘ziga munosib joyni topgan Sindarov 4-o‘rinni egalladi va 60 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan Levon Aronyan 200 ming AQSH dollari, 2-o‘rinni egallagan Magnus Karlsen 120 ming AQSH dollari, 3-o‘ringa ega bo‘lgan Vinsent Keymer esa 80 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.


Javohir Sindarov, Magnus Karlsen, Vinsent Keymer, Freestyle Chess, Shaxmat musobaqasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing