
Juma kuni Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilari uchun transfer qiymatlarini yangiladi. "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe narxi 20 million yevroga oshib, 200 million yevroga yetdi.
Bu bilan Mbappe "Barselona"ning iste’dodli vingeri Lamin Yamal bilan bir xil bahoga ega bo‘ldi. Yamalning qiymati ham 200 million yevro sifatida baholanmoqda.
Eng qimmat futbolchilar uchligida "Real Madrid"ning yana bir vakili Jud Bellingem ham bor. Uning transfer qiymati 20 million yevroga pasayib, hozirda 160 million yevroga baholanmoqda.
Top-10 ro‘yxatda yana quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Vinisius Junior (150 mln yevro), Pedri (140 mln), Federiko Valverde (120 mln), Xulian Alvares (100 mln), Arda Gyuler (90 mln), Rafinya (80 mln) va Pau Kubarsi (80 mln).
Transfermarkt portali, Ispaniya La Ligasi, Real Madrid, Kilian Mbappe, Lamin Yamal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston bokschilari yil reytingida yana top-o‘rinlarda
Dunyodagi eng qimmat futbolchilarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi
"Manchester Siti" Arda Gyuler uchun rekord taklifga tayyorlanyapti
Chelsi Xulian Alvares uchun 150 mln yevro taklif qilmoqda
YECHLda keskin o‘tgan bahslar muxlislarni hayajonga soldi