17:14 / 14.12.2025
8 116
APLning ikki klubi Inter himoyachisi Denzel Dyuymfrisni kuzatmoqda

Milaning “Inter” jamoasi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyuymfris Angliya Premyer-ligasi klublari e'tiboriga tushdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi agentini almashtirdi va bu 2026 yilda klubini o'zgartirish niyati bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, nomi oshkor etilmagan APLning ikki klubi 29 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Dyuymfrisning shartnomasida 25 million yevrolik tovon puli bandi mavjud bo'lib, u 1–31 iyul oralig'ida amal qiladi.
Transfermarkt portali Dyuymfrisning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Inter jamoasi, Angliya Premyer-ligasi, Denzel Dyuymfris, Transfermarkt portali, Futbol transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar