16:24 / 14.12.2025
8 880

Umarbek Eshmurodov “Nasaf” bilan yangi bitim imzoladi

Qarshining “Nasaf” futbol klubi jamoa sardori va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarbek Eshmurodov bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Taҗribali himoyachi “ajdarlar” bilan yangi bir yillik shartnomaga qo‘l qo‘yib, kamida 2026 yil oxiriga qadar Qashqadaryo klubi sharafini himoya qiladi.

Klub rahbariyatining bu qarori jamoada barqarorlikni saqlash, yetakchilik ruhini mustahkamlash hamda yangi mavsum oldidan tarkibni asrab qolish maqsadida qabul qilingani ta’kidlanmoqda. Eshmurodov maydondagi ishonchli o‘yini, jamoani ortga tortmaydigan xarakteri va katta tajribasi bilan “Nasaf” uchun muhim figura hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Umarbek Eshmurodov 2025 yil boshida Malayziyaning “Selangor” klubini tark etib, erkin agent sifatida “Nasaf” safiga qo‘shilgan edi. Qisqa vaqt ichida u jamoa sardoriga aylanib, ham muxlislar, ham murabbiylar ishonchini qozona oldi.

“Nasaf” muxlislari uchun bu yangilik ayni muddao: jamoa o‘z yetakchisini saqlab qoldi, demak oldinda katta maqsadlar va yangi g‘alabalar bor. Qisqasi, sardor joyida — rejalar jiddiy.


Nasaf futbol klubi, O‘zbekiston milliy, Umarbek Eshmurodov, Qashqadaryo klubi, Malayziya Selangor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing