04:52 / 10.12.2025
208 198
Arne Slot 'Liverpul'ning 'Inter' ustidan g‘alabasini baholadi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasida “Inter”ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Qizillar” “San-Siro” stadionida Dominik Soboslai tomonidan 88-daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi.
“Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqish uchun kamida 15 ochko to‘plash kerak. Biz “Inter”dan uch ochko ortda edik, shuning uchun bugungi g‘alaba ayniqsa muhim.
“Inter” juda kuchli jamoa, ammo biz yaxshi o‘yin namoyish etdik. Futbolchilar maksimal darajada o‘zlarini berishdi.
Himoyalanishda barcha jamoa to‘p ortida joylashib, gol o‘tkazish xavfini minimal darajaga tushirdi. O‘yin yakunida penalti ishlab olishga muvaffaq bo‘ldik va gol urdik”, – dedi Slot Amazon Prime'ga bergan intervyusida.
Keyingi turda, 21-yanvar kuni, “Liverpul” safarda “Marsel”ga qarshi maydonga tushadi.
Liverpul, Arne Slot, Chempionlar ligasi, Inter jamoasi, Dominik Soboslai
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Amazon internet poygasida: 1 Gbit/s tezlikdagi Leo Ultra taqdim etildi!
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
YECHLda sensatsion tun: kutilmagan natijalar, kuchli dramatik bahslar...
Levandovski penaltidan urish sanʼatini namoyish qildi