
Italiya chempionatining oʻn toʻrtinchi turidagi markaziy oʻyinda "Napoli" oʻz uyida Antonio Konte sobiq jamoasi "Yuventus"ni magʻlubiyatga uchratdi. "Napoli" bosh murabbiyi Konte ushbu muvaffaqiyatdan juda mamnunligini bildirdi.
"Oʻyinchilarimni alohida tabriklayman. Ularga juda minnatdorman, jamoamdan faxrlanaman.
Yigitlarim oʻsdi, ular hozirgi vaziyatni yaxshi anglaydi va masʼuliyatni his qilishadi. Endi esa Chempionlar ligasidagi "Benfika"ga qarshi oʻyinga tayyorlanishimiz kerak", – dedi Konte calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Ushbu gʻalaba natijasida "Napoli" A Seriya turnir jadvalida yana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Italiya chempionati, Napoli jamoasi, Antonio Konte, Chempionlar ligasi, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
YECHLda kutilmagan natijalar: «Benfika» g‘alaba qozondi, «Galatasaroy» esa yutqazdi
Vitinya va Mbappe shousi: YECHLda haqiqiy gollar yomg'iri yog'di
Hoylund dubli «Napoli»ni katta g‘alabaga yetakladi (video)
Eks-murabbiy: Konte jamoani tark etmaydi
«Milan» «Latsio»ni yengib, 1-o‘ringa chiqdi, "Yuventus"ni Yildiz qutqardi