20:15 / 29.11.2025
391 015

Yevropa grandlari Sane bilan qiziqmoqda


Turkiyaning "Galatasaroy" klubi vingeri Leroy Sane yirik Yevropa klublarining diqqat markazida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli nemis futbolchisiga nafaqat Yevropa grandlari, balki MLS va Saudiya Arabistoni chempionatidagi klublar, jumladan "Al-Ahli" ham qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramasdan, "Galatasaroy" Sane bilan xayrlashmoqchi emas.

Sane o‘tgan yozda Myunxenning "Bavariya" klubidan "Galatasaroy"ga o‘tgan edi. U turk jamoasi safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sane va "Galatasaroy" oʻrtasidagi shartnoma 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Leroy Sane, Galatasaroy Klubi, Yevropa Klublari, Saudiya Arabistoni, Futbol Transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing