
Italiyaning "Milan" klubi sobiq sardori Rikardo Montolivo "Inter"dagi vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirdi. Joriy mavsum oldidan "Inter"da bosh murabbiy almashgani maʼlum.
Montolivo fikricha, Kristian Kivu "Inter"ni yangilash va jamoani yoshartirish jarayonida yetakchi bo'la oladi. "Men murabbiy sifatida aniq g'oyalarga ega, kiyinish xonasida vaziyatni nazorat qiladigan va jamoaning foydasi uchun mustaqil qarorlar qabul qiladigan shaxsni ko'ryapman.
U "Inter"ni yoshartirish jarayonini boshlaydi, deb o'ylayman", - dedi Montolivo fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, "Inter" hozirgi vaqtda Italiya vitse-chempioni hisoblanadi.
Milan Klubi, Inter Jamoasi, Kristian Kivu, Yoshartirish Jarayoni, Italiya Chempioni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing