
Yevropa futbolida Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Italiyaning "Bolonya" jamoasi Avstriyaning "RB Zaltsburg" klubini 4:1 hisobida magʻlub etdi.
Ushbu natija Vinchenzo Italiano shogirdlari uchun Yevropa arenalaridagi gʻalabali rekordini takrorlash bo'ldi. Avvalgi safar "Bolonya" 1968-yilda Yarmarka Kubogida Shveytsariyaning "Bazel" jamoasiga qarshi 4 ta gol urgandi.
Keyingi turda "Bolonya" 11-dekabr kuni Ispaniyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Vigo shahrida mahalliy "Selta" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing