12:52 / 28.11.2025
339 994

"Real Madrid" va Xoland: "Manchester Siti" xotirjam

"Manchester Siti"ning hujumchisi Erling Xolann Madridning "Real" klubi uchun potensial transfer maqsadi hisoblanadi. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, 2026 yilda "Real" braziliyalik futbolchi Vinisius Junior bilan xayrlashishi mumkin.

Sababi, u klub tomonidan taklif etilgan shartlarda shartnomasini uzaytirishni istamayotgani ma’lum. Vinisiusning ketishi Xoland transferi uchun yo‘l ochib berishi mumkin.

"Real" allaqachon norvegiyalik hujumchi va Kilian Mbappe o‘rtasida kuchli hujum chizig‘ini yaratishni orzu qilib keladi. Shunga qaramay, TEAMtalk xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" bu masalada xotirjam.

Klub rahbariyati Xoland yaqin kelajakda jamoani tark etish niyatida emas deb hisoblamoqda. Transfermarkt veb-saytida Erling Xolandning transfer narxi 180 million yevro, Vinisius Juniorning qiymati esa 150 million yevro deb baholangan. Har ikki futbolchi hozirda 25 yoshda.


Erling Xoland, Vinisius Junior, Real Madrid, Manchester Siti, Transfer Narxi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing