13:10 / 27.11.2025
368 931

“Liverpul” 1:4 hisobida magʻlub boʻldi


UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida "Liverpul" oʻz maydonida Niderlandiyaning PSV jamoasidan 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu natija yuzasidan mersisaydliklar yarim himoyachisi Kyortis Jons oʻz fikrlarini bildirdi.

"Menda soʻz yoʻq. Bu juda yomon natija.

Jamoamiz uzoq vaqtdan beri bunday natijalarni qayd etmagan edi. Biz oʻzimizni qoʻlga olib, klub logotipi uchun kurashishimiz kerak.

Hozirda "Liverpul" ogʻir ahvolda. Biz jamoamizni odatdagidek yuqori darajaga qaytarishimiz lozim", — dedi futbolchi Sky Sports orqali.

Angliya chempionatida esa "Liverpul" hozirda toʻqqizinchi oʻringa tushib ketdi. 12 turdan soʻng jamoa Arne Slot boshchiligida atigi 18 ochko toʻplagan.


Liverpul Jamoasi, Chempionlar Ligasi, Yomon Natija, Angliya Chempionati, Sky Sports
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing