06:28 / 23.11.2025
439 505

Upamekano: Mening kelajagim pulga bogʻliq emas


Fransuz markaziy himoyachisi Dayo Upamekano "Bavariya"dagi kelajagi va shartnomasining muddati haqida fikr bildirdi. Agar u Myunxen klubidagi shartnomasini yangilamasa, kelasi yozda erkin agentga aylanadi.

"Mening kelajagim pulga bogʻliq emas. Men doimiy ravishda Maks Eberl va Kristof Froʻynd bilan aloqadaman.

"Bavariya"da baxtliman, yaxshi mavsum oʻtkazyapman va jamoamning muvaffaqiyati uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilmoqdaman. Kelajakda nima boʻlishini koʻramiz", dedi Upamekano Bayern & Germany manbasiga bergan intervyusida.

27 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi, "Liverpul" va boshqa yevropalik grand jamoalar qiziqish bildirmoqda. Shanba kuni "Bavariya" oʻz maydonida "Freyburg"ni 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Upamekano oʻsha oʻyinda gol muallifi boʻldi.

Dayo Upamekano, Bavariya Klubi, Erkin Agent, Real Madrid, Yevropa Jamoalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing