
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Matvey Safonovning "PSJ" safida oʻyin amaliyotisiz qolayotgan holati haqida izoh berdi. Maʼlum boʻlishicha, 2025/2026 yilgi mavsumda Safonov hali biror oʻyin oʻtkazmagan.
"Biz bu mavzuni u bilan muhokama qilmaganmiz", — deydi Golovinning soʻzlarini Metaratings. Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Golovin ham Fransiyada oʻynaydi va u "Monako" safida sakkizinchi mavsumni oʻtkazmoqda.
Chorshanba kuni Rossiya terma jamoasi BetBoom doʻstlik uchrashuvida Peru bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Uchrashuvda Golovin gol urdi, Safonov esa xatoga yoʻl qoʻyib, raqibga gol sovgʻa qildi.
Rossiya terma jamoasi navbatdagi BetBoom uchrashuvini 15-noyabr kuni Chili terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing