14:38 / 16.11.2025
2 404
Belgiya murabbiyi: Toʻgʻridan-toʻgʻri chiqmaganimiz achinarli

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning yordamchisi Klod Fisho Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻyindan keyin matbuot anjumanida oʻz fikrlarini bildirdi. Mazkur uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Rudi Garsiya diskvalifikatsiya tufayli matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi. "Birinchi boʻlimdan umuman mamnun boʻlmadim.
Ochigʻini aytganda, bunday oʻyinni kutmagandik. Bu safar boshlanish biz uchun juda qiyin boʻldi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri jahon chempionatiga chiqa olmaganimizdan afsusdaman. Hammasi keyingi oʻyinda hal boʻladi", - dedi Fisho nur.kz nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Fisho raqib darvozaboni Temirlan Anarbekovning oʻyinini yuqori baholadi. Hozirda Belgiya 15 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda.
Shimoliy Makedoniya va Uels 13 ochkodan toʻplab, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni boʻlishib turibdi. 18-noyabr kuni Belgiya Lixtenshteynni qabul qiladi, Uels esa makedoniyaliklar bilan toʻqnash keladi.
Belgiya Jamoasi, Jahon Chempionati, Rudi Garsiya, Klod Fisho, Temirlan Anarbekov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatining startini oʻtkazib yuborishi mumkin
O‘zbekiston – Misr bahsi oldidan kutilgan katta sinov boshlanmoqda
Erik Garsiya “Barselona”da qolish qarorini yana kuchaytirdi
Masalitinning Peru bilan durang haqida fikri
16-0: O‘smirlar mundialida gollar yomg‘iri va sensatsiyali natijalar