
Belgiyaning "Anderlext" klubi yarim himoyachisi Natan de Kat Germaniya Bundesligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, 17 yoshli futbolchini Myunxenning "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari tarkibiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer narxi 7 million yevroga baholanmoqda.
De Katning "Anderlext" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo'ljallangan. Belgiyaning joriy mavsum chempionatida yarim himoyachi 14 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing