13:52 / 15.11.2025
2 168

Barselona Germaniya himoyachisini sotib olmoqchi


Dortmundning "Borussiya" jamoasi va Germaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli nemis futbolchisi bilan "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.

Shlotterbek "ari"lar bilan 2027-yilning iyun oyigacha shartnoma imzolagan. Joriy Bundesligada himoyachi oltita o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing