08:39 / 15.11.2025
4 317

Modrich beshinchi jahon chempionatida o‘ynaydi


Xorvatiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yo‘llanma Farer orollariga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda hal bo‘ldi, unda "shashkachilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

40 yoshli Luka Modrich maydonda 62 daqiqa harakat qildi. "Milan" yarim himoyachisi faoliyatidagi beshinchi Jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

2010-yilda Xorvatiya saralash bosqichidan o‘ta olmaganligi sababli bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi. Xorvatiya terma jamoasi Yevropadan 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘l olgan uchinchi jamoa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ilk bor musobaqaning final bosqichida 32 emas, balki 48 ta jamoa ishtirok etadi. Luka Modrich Xorvatiya milliy jamoasi safida 193 ta uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol va 31 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing