
O‘zgidromet 17 dekabr kuni uchun mamlakat bo‘ylab ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir kuzatiladi. Shamol g‘arb tomondan 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 3–5, kunduzi esa 5–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq tuman tushishi mumkin. Ushbu hududlarda kechasi sovuqroq bo‘lib, Ustyurtda harorat 12–14 darajagacha pasayadi. Kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Ayrim joylarda tuman kuzatilib, shamol sharq tomondan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 2–7 daraja iliq atrofida saqlanadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham yomg‘ir kutilmoqda. Bu hududlarda kunduzi havo nisbatan iliq — 8–13 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol g‘arb tomondan 5–10 m/s tezlikda esadi.
Tog‘a hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) kuzatilib, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.
Sinoptiklar aholini, ayniqsa haydovchilar va tog‘li hududlarga yo‘l olgan fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.