08:20 / 17.12.2025
2 079
Anchelotti eng zo'rlar uchligini e'lon qildi: Rafinya Mbappedan yuqori

FIFA The Best sovrini bo'yicha ovoz berish natijalarini e'lon qildi. 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritdi.
Madrid Xtra xabariga ko'ra, so'rovnomada Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qatnashgan Karlo Anchelottining shaxsiy reytingida ham Dembele birinchi o'rinni egalladi. Italiyalik mutaxassis ikkinchi pog'onaga braziliyalik Rafinya Diasni joylashtirdi, u bilan Madridning Real klubida birga ishlagan Kilian Mbappeni esa uchinchi o'ringa qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti joriy yil iyun oyida Realni tark etib, Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilgan. U “qirollik klubi”da to'rt yil davomida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
FIFA The Best, Usmon Dembele, Fransiya terma, Karlo Anchelotti, Real klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Anchelotti eng zo'rlar uchligini e'lon qildi: Rafinya Mbappedan yuqori
Anchelotti eng zo'rlar uchligini e'lon qildi: Rafinya Mbappedan yuqori
Usmon Dembele 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi
Usmon Dembele FIFA The Best mukofotini qo'lga kiritdi
Usmon Dembele FIFA The Best mukofotini qo'lga kiritdi