11:50 / 26.11.2025
544 225

Jizzaxda AES loyihasi bo‘yicha tinglovlar o‘tkaziladi


Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik tinglovlari 2025 yil 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Uzatom xabar berdi.

Tadbir Forish tumanining Bog‘don qishlog‘ida tashkil etiladi. Kelgusida qurilishi rejalashtirilayotgan AESning umumiy quvvati 2,1 ming megavattni tashkil etadi.

Bu O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 15 foizini qoplashga xizmat qiladi. Loyiha bosh pudratchisi sifatida Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibidagi «Atomstroyeksport» aksiyadorlik jamiyati ishtirok etadi.

Loyihada zamonaviy va xavfsiz reaktorlar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. AES ishga tushirilishi bilan qurilish davomida 13 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.


Jizzax Viloyati, Atom Elektr, Jamoatchilik Tinglovlari, Forish Tumani, Rossiya Korporatsiyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing