22:27 / 23.12.2025
1 837

Messining singlisi Mayamida avariyaga uchradi

“Inter Mayami” va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining singlisi — Mariya Sol Messi AQSHning Mayami shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasiga duch keldi. Bu haqda xorijiy OAVlar, xususan, “Nueva Rioja” nashri ma’lum qildi.

Manba bergan axborotlarga ko‘ra, avtohalokat oqibatida Mariya Sol juda og‘ir va jiddiy tan jarohatlarini olgan. Unda turli darajadagi kuyish alomatlari, umurtqa pog‘onasi sinishi, tovon hamda bilak suyaklarining shikastlanishi aniqlangan. Shifokorlar uning sog‘ligi to‘liq tiklanishi uchun uzoq muddatli, bosqichma-bosqich va keng qamrovli reabilitatsiya jarayoni talab etilishini ta’kidlamoqda.

Aynan shu sababli Mariya Sol 2026-yil 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan to‘y marosimini noma’lum muddatga qoldirishga majbur bo‘ldi. U “Inter Mayami” klubining U19 jamoasida faoliyat olib borayotgan murabbiy Julian Arellano bilan turmush qurishi kerak edi. Muxlislar bu xabarni katta xavotir bilan qabul qildi va ijtimoiy tarmoqlarda Mariya Solga tezroq sog‘ayib ketish tilaklarini yo‘llashmoqda.

AQSHdagi dastlabki tibbiy muolajalardan so‘ng, Mariya Sol Messi reabilitatsiya davomini o‘tkazish uchun o‘zining tug‘ilgan shahri — Argentinaning Rosario shahriga qaytarildi. Hozirda u shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, barcha tibbiy ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing