14:21 / 14.11.2025
1 576
Jizzaxdagi AES qurilishida 10 ming o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Jizzax viloyatida barpo etilayotgan atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida jami 13 mingdan ortiq inson ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ularning 10 ming nafari o‘zbekistonliklar, qolgan 3 ming nafari esa Rossiya fuqarolaridan iborat bo‘ladi.
Bu haqda "Atomstroyeksport" kompaniyasi vitse-prezidenti Pavel Bezrukov ma'lum qildi. Avvalroq, AES qurilishida turli bosqichlarda 20 minggacha odam jalb qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Oktabr oyida esa quruvchilarni uy-joy bilan ta'minlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ishlar boshlanganligi ma'lum bo‘ldi. O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,1 gigavatt bo‘lgan atom elektr stansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u katta va kichik reaktorlardan iborat bo‘ladi.
Respublika rahbariyati ushbu elektr stansiyasini yangi industrializatsiyaning ramzi deb hisoblamoqda. Mazkur loyihaning bosh pudratchisi "Rosatom" kompaniyasi bo‘lsa, subpudratchi sifatida "Enter Engineering" korxonasi ishtirok etib, elektr stansiya qurilishini amalga oshiradi.
Atom Elektr, Jizzax Viloyati, Rossiya Fuqarolari, Yangi Industrializatsiya, Rosatom Kompaniyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
Jahon banki Xorazmda quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish uchun $3,5 mln ajratdi
O‘zbekistonda Nvidia’dan ikki sun’iy intellekt klasteri yaratiladi
Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi
Bo'stonliqda shamol elektr stansiyasi quriladi