20:44 / 14.11.2025
1 344

2026-yil Ramazon oyining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda kelasi yilgi muhim diniy sana — muqaddas Ramazon oyining qaysi kunda boshlanishi rasman e’lon qilindi. Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi tasdiqlagan taqvimga ko‘ra, 2026-yilda Ramazon 19-fevral kunidan boshlanadi. Ushbu taqvimda Ramazon oyidan tashqari boshqa barcha muhim islomiy sanalar ham o‘z aksini topgan.

Taqvimda qayd etilgan qator asosiy kunlar quyidagicha belgilangan:

– Ramazon oyi – 19-fevral;

– Qadr kechasi – 16–17-mart orasi;

– Ramazon hayiti – 20-mart;

– Qurbon hayiti – 27–29-may.

Boshqarma ta’kidlashicha, ushbu sanalar ilmiy-astronomik hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lsa-da, yangi oyning chiqishiga qarab bir kun oldinga yoki orqaga siljishi ehtimoli mavjud. Shu bois taqvim har yili oy fazasiga qarab qisman yangilanib turiladi.

Ma’lumki, Ramazon — bu ruhiy poklanish, ro‘za tutish, ibodat, hayriya va yaxshilik oyi sanaladi. Bu davrda musulmonlar ma’naviy hayotga ko‘proq e’tibor qaratib, o‘z amallarini qayta ko‘rib chiqishga, ziyoda savob ishlar qilishga intiladi. Odatda Ramazon 29–30 kun davom etadi va Ramazon hayiti bilan yakunlanadi. 2026-yilda ushbu bayram 20-mart sanasiga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda muborak Ramazon oyi 1-martdan boshlangan edi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing