12:34 / 18.12.2025
12 213

Turkiyada taniqli shaxslar giyohvand moddalar ishi bo‘yicha tergovda

Turkiyada giyohvand moddalarni iste’mol qilish va sotishda gumon qilinib, bir qancha taniqli shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rildi. Bu haqda Haber Global nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya doirasida mashhur shaxslarning yashash manzillari tekshirilgan. Biroq aktrisa Melisa Dyongel, shuningdek qo‘shiqchilar Yusuf Gyuney va  Jixan Shensozlyu  o‘z uylarida topilmagan.

Shu bilan birga, tergov organlari ayrim shaxslarning Turkiya hududida emasligi mumkinligini bildirmoqda. Xususan,Sheyma Subashi, Shevval Shaxin va Mert Vidinli  xorijda bo‘lishi taxmin qilinib, ular rasman qidiruvga berilgan.

Rasmiy manbalar hozircha gumonlanuvchilarning aniq aybi tasdiqlanganini ma’lum qilmagan. Tergov harakatlari davom etmoqda va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar jiddiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bois mazkur ish jamoatchilik e’tiborida qolmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing