17:37 / 16.12.2025
9 177

Shirin Zaitovadan kutilmagan javob: uni yig‘latgan yagona film

Xonanda Shirin Zaitovaga jurnalist tomonidan: “Sizni haqiqatan yig‘latgan film qaysi?” degan savol berildi.

Savolga samimiy javob bergan xonanda, film tomosha qilishga nisbatan o‘ziga xos qarashlari borligini ochiq tan oldi. Uning aytishicha, u odatda filmlarda ko‘p yig‘lamaydi.

— “O‘zi kamdan-kam filmlarda yig‘layman. Emotsional inson bo‘lsam ham, negadir film ko‘rganda ko‘z yosh to‘kolmayman. Qolaversa, biror filmni ikkinchi marta qayta ko‘rishni ham yoqtirmayman. Chunki birinchi martayoq voqealarni bilib bo‘laman, keyin esa hayajon qolmaydi, qizig‘i yo‘qoladi,” — dedi Shirin Zaitova.

Shu bilan birga, xonanda istisno tariqasida unga chuqur ta’sir qilgan bir filmni ham tilga oldi.

— “Shuningdek, "Xatiko" filmi menga juda ta’sir qilgan. Undagi sadoqat va his-tuyg‘ular insonni befarq qoldirmaydi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Shirin Zaitovadan bunday samimiy va ochiq javob muxlislar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Uning fikrlari ko‘plab tomoshabinlar hissiyotlari bilan hamohang ekani qayd etildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing