05:00 / 13.12.2025
58 030

Yasmina Zaitovadan iliq Yangi yil kayfiyati (video)

Xonanda Shirin Zaitova va Nodir Zaitovning qizi, kichik bloger Yasmina Zaitova, Instagram sahifasida yangi video post bilan o‘rtoqlashdi. U post ostiga: “Bayramga tayyormisizlar?” deb yozib qo‘ygan.

Videodan ko‘rinishicha, Yasmina Yangi yil bayrami uchun maxsus tayyorlangan — u kichik prinsessani eslatuvchi obrazda, chiroyli bezatilgan bayram archasini namoyish qildi. Uning shohona ko‘rinishi va bayramona kayfiyati yaqinlashayotgan Yangi yil ruhini yanada yaqqol sezdiradi.

Kichik blogerning ushbu videosi qisqa muddat ichida minglab layklar yig‘di hamda ko‘plab izohlar bilan to‘ldi. Foydalanuvchilar Yasminaning yuqori kayfiyati va chiroyli obrazini yuksak baholashdi.


Shirin Zaitova, Nodir Zaitov, Yasmina Zaitova, Yangi yil, Bloger obraz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing