17:03 / 07.12.2025
112 881

Shahzoda Muhammedovadan qizi Milana uchun yangi qo‘shiq premyerasi

Dizayner, boshlovchi va aktrisa sifatida tanilgan Shahzoda Muhammedova qizi Milana uchun maxsus ijro etgan yangi taronasi — “Pink Barbie” premyerasi tez kunda taqdim etilishini ma’lum qildi. San’atkor ushbu xushxabarni o‘zining Instagram sahifasida, shuningdek, qizi Milanaga tegishli sahifada ham e’lon qildi.

Qo‘shiqning nomi, uslubi va vizual ko‘rinishlari allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Ayniqsa, ona-bola ijodiy hamkorligi, qo‘shiqdagi quvnoq kayfiyat va rang-barang “barbie” uslubi muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Premyera sanasining yaqinlashishi bilan "Pink Barbie" taronasi atrofida shov-shuv ortib bormoqda, ko‘pchilik esa chiqishini intiqlik bilan kutib, izohlar qoldirmoqda.


Shahzoda Muhammedova, Milana Muhammedova, Pink Barbie, Ijtimoiy tarmoqlar, Qo‘shiq premyerasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing