07:30 / 13.12.2025
7 455

“Sehrlandiya” uchun ilk rasmiy saundtrek taqdimoti! (saundtrek)

Kichik bloger Yasmina Zaitova o‘zining Instagram sahifasida yangi video post joyladi. U post orqali O‘zbekistonda ilk bor 3D formatda suratga olingan, to‘liq metrajli animatsion film — “SEHRLANDIYA: Qahramonlik missiyasi” uchun rasmiy saundtrek taqdim etilganini ma’lum qildi.

Yasmina o‘z izohida shunday deb yozdi:

“Saundtrekda mo‘jizalar olami, qahramonlar, do‘stlik va yaxshilik — barchasi mujassam. 25 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida ko‘rishguncha! "Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi" — Yangi yilning asosiy tomoshasi!”

Video qisqa fursatda tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Muxlislar Yasminaning taqdimot tarzini, filmga bo‘lgan ishtiyoqini va bayramona kayfiyatini iliq kutib olishmoqda. Ushbu saundtrek taqdimoti “Sehrlandiya”ning katta premyerasi oldidan yanada katta qiziqish uyg‘otmoqda.


Yasmina Zaitova, O‘zbekiston Respublikasi, Animatsion film, Saundtrek taqdimoti, Bayramona kayfiyat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing