23:30 / 22.12.2025
1 611

Qimmatli qog'ozlar xavfsizligi ta'minlandi


O'zbekiston Adliya vazirligi investitsion vositachilar faoliyati to'xtatilgan yoki tugatilgan hollarda depozit operatsiyalari bo'yicha harakatlar tartibini tasdiqladi. Agar vositachi o'z faoliyatini to'xtatsa yoki tugatsa, mijozlarning qimmatli qog'ozlari saqlanib qoladi va ularni bozorning boshqa ishtirokchisiga yoki Markaziy depozitariyga o'tkazish mumkin bo'ladi.

Agar vositachining litsenziyasi to'xtatilsa, u operatsiyalarni to'xtatishga va bu haqda ommaviy axborot vositalari hamda fond birjasi saytida ma'lum qilishga majbur. Litsenziya bekor qilinganda yoki tugatilganda, vositachi mijozlarning hisobvaraq ma'lumotlarini tayyorlab, o'z faoliyatini tugatganini ularga xabar qiladi.

Mijoz xabarni olgandan so'ng bir hafta ichida qimmatli qog'ozlarini qayerga o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berishi lozim. Agar bunday ko'rsatma berilmasa, qimmatli qog'ozlar vaqtincha depozitariyga o'tkaziladi.

Markaziy depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar yangi investitsion vositachi tanlanganidan keyin bir kun ichida mijozga qaytariladi.


O'zbekiston Adliya, Investitsion vositachilar, Depozit operatsiyalari, Qimmatli qog'ozlar, Markaziy depozitariy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing