12:19 / 15.12.2025
1 480

Andijonda Tracker haydovchisi bolani urib yubordi

Andijonda 14 dekabr kuni soat 18:10 da Furqat ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Treker avtomobili haydovchisi qizil chiroqda harakatlanib, velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.

Hodisa natijasida bola jiddiy tan jarohati olmagan. Voqeadan so‘ng u tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot punktiga yetkazilgan.

Tekshiruvdan so‘ng bolaning ahvoli yaxshi deb topilib, uyiga qo‘yib yuborilgan. Andijon viloyati YHXB hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.


Andijon viloyati, Yo‘l-transport hodisasi, Furqat ko‘chasi, Treker avtomobili, Tibbiy yordam
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing