17:13 / 13.12.2025
1 548

Niqobli filmlar bilan mashhurlikka erishgan aktyor Piter Grin vafot etdi

12 dekabr kuni amerikalik aktyor Piter Grin Nyu-Yorkdagi uyida o‘lik holda topildi. U 60 yoshda edi.

Politsiya bayonotiga ko‘ra, Grinning o‘limida kuch ishlatish alomatlari topilmagan, ammo o‘limning aniq sababi sud-tibbiyot xulosasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Piter Grin kinoda salbiy qahramon rollari bilan tanilgan. Uning «Jinoiy asar» (1994), «Niqob» (1994), «Qamalda-2» (1995), va «Javohir politsiyachi» (1999) filmlaridagi rollari uning karyerasini muvaffaqiyatli qilib qo‘ygan va tomoshabinlar yodida saqlanib qolgan.

Aktyorning menejeri ma’lum qilishiga ko‘ra, yanvar oyida Piter Grin «Tumorlar» filmida Mikki Rurk bilan birga ishlashni boshlashi kutilgan edi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing