
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi «Aviasozlar» («Kadisheva») bozorida 13 dekabr kuni tungi soatlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in bozor hududidagi ma’muriy binoda boshlangan.
Yong‘in haqida xabar soat 01:30 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga to‘rt daqiqada — soat 01:34 da yetib kelib, darhol yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan.
Yong‘in soat 02:29 da mahalliylashtirilib, soat 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisada jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar bozori, Yong‘in hodisasi, Favqulodda vaziyatlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yashnobod tumanidagi yong‘in aholida xavotir uyg‘otdi
Toshkentdagi uyda yong‘in chiqdi — olov 17 daqiqada bartaraf etildi
Shayxontohurdagi ikki qavatli binoda yong‘in chiqdi
Chilonzorda yo‘l-transport hodisasidan so‘ng elektromobil yonib ketdi
Gulistonda oshxonada gaz portlashi natijasida yong‘in ro‘y berdi