15:43 / 10.12.2025
22 064
Toshkent metrosida to‘rt bekatning vestibyllari ochiladi

2025 yil 11 dekabrdan Toshkent metrosida to‘rt stansiyada vestibyllar faoliyati qayta tiklanadi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shahar aholisi uchun «O‘zbekiston», «Mashinasozlar», «G‘afur G‘ulom» va «Milliy bog‘» stansiyalarining vestibyllari ochiq bo‘ladi. Avvalroq ushbu vestibyllar ta’mirlash ishlari uchun yopilgan edi.
«Hozirda ushbu vestibyllarda barcha texnik ishlar yakunlangan va stansiyalar zamonaviy texnik uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan», — deya ta’kidlashdi poytaxt metropoliteni vakillari.
Toshkent metrosi, Poytaxt metropoliteni, O‘zbekiston stansiyasi, Mashinasozlar stansiyasi, Texnik uskunalar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shartnoma tuzmagan va texnik shartlar olmagan “elektrzapravka"lar tarmoqdan uzilgan — HET
Prezident Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etdi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Ar-Riyod metropoliteni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi