17:39 / 11.12.2025
2 297

Majburiy ijro byurosi nomidan soxta qarzlar haqida ogohlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi (MIB) nomidan yuborilgan soxta xabarnomalar tarqatish holatlari ko‘paygan.

Firibgarlar odamlarga soxta qarzlar haqidagi xabarlarni yuborib, zararli apk-dasturlarni o‘rnatishni taklif qilmoqda.

Ushbu dasturlar orqali ular shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari va moliyaviy mablag‘larga noqonuniy ravishda kirish imkonini qo‘lga kiritmoqda.

Bosh prokuratura fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda bunday xabarlarga nisbatan o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.


O‘zbekiston Respublikasi, Bosh prokuratura, Ijtimoiy tarmoqlar, Soxta xabarnomalar, Bank kartalari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing