19:44 / 11.12.2025
1 006
Metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Energetika vazirligi xabar berishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘idagi texnik nosozlik tufayli import qilingan tabiiy gaz miqdori qisqargan.
Bu holatga qarshi choralar ko‘rilmoqda, asosan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan rejalarga asosan, metan “zapravkalar” faoliyatiga cheklovlar kiritilmoqda.
Hozirgi paytda, bu choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda metan "zapravka"lari vaqtincha to‘xtatiladi
Gaz “zapravka"lar amaldagi tartibda ishlashda davom etadi — Energetika vazirligi
O‘zbekistonga 370 mln dollarlik telefonlar import qilindi
Metan “zapravka"lar faoliyati vaqtinchalik cheklandi — “O‘zenergoinspeksiya”
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza