11:38 / 15.11.2025
3 272
Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida internet orqali giyohvandlik vositalarini tarqatishga uringan ikki kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi huquqni muhofaza qiluvchi organlar.
Ma’lum bo‘lishicha, ular messenjerlar orqali oldindan yuborilgan lokatsiya asosida daraxt ostiga yashirilgan geroinni izlab yurgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tekshiruv jarayonida shaxslarning harakatlari va yozishmalari o‘rganilib, giyohvandlik vositalarini tarqatish sxemasi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bunday holatlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini eslatmoqda.
Toshkent Shahri, Bektemir Tumani, Giyohvandlik Vositalari, Jinoyat Ishi, Huquqni Muhofaza
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sirdaryo va Namanganda yirik giyohvandlik guruhlari qo‘lga olindi
6 million so‘m talab qilgan mansabdor ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Turkiyada noqonuniy pul tikish mojarosi: 600 futbolchi so‘roqqa chaqirildi
Toshkentda 21 yoshli ayol 17 yoshli qizni fohishalikka majburladi
Armanistonda o‘ldirilgan chechen qizning ishi bo‘yicha ikki kishi qidiruvda