09:25 / 27.11.2025
355 908

O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda


O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori natijalarni namoyish etishda davom etmoqda, deb xabar berdi mamlakatga tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi. XVJ vakillarining ta’kidlashicha, ayni payt islohotlar dasturi va siyosatini ilgari surish, shuningdek, zarbalarga chidamlilikni oshirish uchun zaxiralarni shakllantirish uchun qulay davr hisoblanadi.

XVJ hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yillik hisobda 7,6 foizga o‘sdi. Bu natijalarga mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmining oshishi va iste’mol talabi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

XVJ kelgusida O‘zbekiston iqtisodiyoti investitsiyalar va barqaror iste’mol hisobiga 6 foizga o‘sishini kutmoqda. Shuningdek, 2027 yil oxiriga borib mamlakatda inflyatsiya darajasi 5 foizga tushishi prognoz qilinmoqda.

Bu ko‘rsatkichga Markaziy bank erishishni rejalashtirgan. 2023 yil oktabr oyi oxiriga kelib umumiy va asosiy inflyatsiya mos ravishda 7,8 foiz va 6,6 foizga sekinlashdi.

XVJning qayd etishicha, bunga o‘tgan yili energiya resurslari narxlari oshganining ta’siri tugashi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarni kreditlash 2023 yil sentyabrda yillik hisobda 23 foizga oshgani, korporativ kreditlash esa mo‘’tadil o‘sgani kuzatilgan.


O‘zbekiston Iqtisodiyoti, Xalqaro Valyuta, Investitsiyalar Hajmi, Inflyatsiya Darajasi, Markaziy Bank
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing