11:23 / 14.12.2025
6 592

Isroil XAMASning asosiy harbiy rejalashtiruvchilaridan birini yo‘q qildi

Isroil Mudofaa kuchlari 13 dekabr kuni XAMASning yuqori darajadagi harbiy yetakchilaridan biri — qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahbari Raed Saad yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Isroil tomoni uni 7 oktyabr voqealarida mamlakatga uyushtirilgan hujumning bosh rejalashtiruvchilaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

SAXAL bayonotiga ko‘ra, Raed Saad XAMASning harbiy salohiyatini mustahkamlash, yangi jangovar uskunalar tayyorlash va urush davomida yo‘qotilgan imkoniyatlarni qayta tiklash jarayoniga boshchilik qilgan. U guruhning harbiy infratuzilmasida markaziy rol o‘ynagan shaxs sifatida tilga olinmoqda.

Isroil maxsus xizmati — ShABAK bilan birgalikdagi qo‘shma ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda XAMAS jangchilari qurolli faoliyatni qayta tiklashga uringan. Xususan, ular Isroil harbiy kuchlariga qarshi qo‘lbola portlovchi moslamalardan foydalanishga harakat qilgan. Bu esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv shartlarining buzilishi sifatida baholangan.


Isroil Mudofaa, XAMAS yetakchisi, Harbiy salohiyat, Qurol ishlab chiqarish, Kelishuv shartlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing