
Avstriyalik tadbirkor Bernd Bergmayr, ilgari kattalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochvr kontent, jumladan, PornHub saytiga egalik qilgan, Lukoylning xorijdagi aktivlarini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida Reuters xabar berdi. Bergmayr Rossiyaning ushbu kompaniyasining aktivlarini sotib olish taklifi bilan AQSH Moliya vazirligiga murojaat qilgan.
U bitimga bo‘lgan qiziqishini tasdiqlagan, ammo batafsil ma’lumotlarni oshkor qilmagan. "Men, tabiiyki, potensial sarmoyalar haqida izoh bermayman", — deya ma’lum qilgan Bergmayr o‘z advokati orqali.
Hozirgi kunda Lukoylning xorijdagi aktivlari orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa uzoq xorijiy mamlakatlardagi konlar kiradi. Shuningdek, kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i mavjud.
Bergmayr ilgari MindGeek kompaniyasiga egalik qilgan, ushbu kompaniya Pornhub, RedTube va YouPorn kabi kattalar uchun mo‘ljallangan saytlarni boshqargan. 2023 yilda u MindGeek’ni Kanadaning investitsiya kompaniyasiga sotgan, ammo bitim summasi oshkor qilinmagan.
Shuningdek, Lukoyl aktivlarini sotib olishga ilgari Gunvor treyderi va Birlashgan Arab Amirliklarining davlat kompaniyasi Adnoc ham qiziqish bildirgan edi. Amirlik kompaniyasi, xususan, O‘zbekiston aktivlariga diqqat qaratgan.
Bernd Bergmayr, Lukoyl Aktivlari, O‘zbekiston Konlari, Mind Geek Kompaniyasi, Adnoc Kompaniyasi