15:07 / 17.12.2025
1 278

Avaz Oxun: “Kuldirayotgan mavzularim aslida meni yig‘latgan”

Qiziqchi Avaz Oxunga suhbat davomida shunday savol berildi:

“Qiziqchilar qachon yig‘laydi? Yoki odamlarni kuldirishdan ham charchagan paytlaringiz bo‘lganmi?”

Bu savolga javob berar ekan, Avaz Oxun juda samimiy va chuqur ma’noli fikr bildirdi. Uning aytishicha, u sahnada ko‘pchilikni kuldirayotgan mavzular aslida uning o‘zi uchun eng og‘ir va iztirobli mavzular hisoblanadi.

“Men aytayotgan kulguli mavzularimning barchasi aslida meni yig‘latgan mavzular. Ular — yuragim yig‘lagan, qalbim og‘rigan mavzular,” — deydi u.

Qiziqchining ta’kidlashicha, u bu mavzularni to‘g‘ridan to‘g‘ri qayg‘u yoki dard shaklida emas, balki so‘z ustasi sifatida kulgu, satira va yumor orqali yetkazib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, har bir kasb egasi bir mavzuni o‘z uslubida talqin qiladi.

“Agar buni drama aktyori olib chiqsa, uni drama orqali ifoda etadi. Jurnalist esa, sizlarga o‘xshagan jurnalistlar, bu mavzularga tanqidiy nazar bilan yondashib, yoritib beradi,” — deya so‘zini yakunladi Avaz Oxun.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing