23:30 / 24.11.2025
410 413

SCAT Airlines O'zbekistonga yangi reyslar ochadi


Qozog'istonning SCAT Airlines aviakompaniyasi Turkiston Hazrati Sulton xalqaro aeroportidan O'zbekistonning Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga yangi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'ymoqda. Chiptalar sotuvi allaqachon boshlangan.

Turkiston — Urganch — Turkiston yo'nalishidagi parvozlar 1-dekabrdan boshlanadi. Ushbu reyslar dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiston — Buxoro — Turkiston yo'nalishi 2-dekabrdan ishga tushadi. Bu parvozlar seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiston — Samarqand — Turkiston yo'nalishi bo'yicha muntazam qatnovlar esa 3-dekabrdan boshlanadi. Ushbu reyslar chorshanba, juma va yakshanba kunlari tashkil etiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing