15:03 / 17.11.2025
1 833

Rossiya chegarasida import yuk mashinalari to‘plandi

Rossiyaning Xitoy, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi chegara punktlarida to‘rt minggacha avtoyuk mashinalari to‘planib qolgan. Ular asosan import avtomobillarini olib o‘tayotgan haydovchilardan iborat.

Mutaxassislar aytishicha, bu yo‘nalish parallel importning eng asosiy kanali hisoblanadi. Dilerlarning fikriga ko‘ra, hozirgi navbatlar kamida noyabr oyining oxirigacha davom etishi mumkin.

Chegara postlarida hatto «pullik navbat» ham paydo bo‘lgan — maxsus botlar navbatdagi o‘rinlarni pul evaziga sotmoqda.

Tirbandlikka asosiy sabab esa bir: 1 dekabrdan util yig‘imi oshirilishi kutilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, yig‘im miqdori avtomobilning dvigatel hajmi va quvvatiga bog‘liq holda belgilanadi.

Faqat 160 ot kuchigacha bo‘lgan mashinalar uchun yig‘im past bo‘lib qoladi. Shu bois dilerlar imkoni boricha mashinalarni oldindan mamlakatga kirib olishga harakat qilmoqda.


Rossiya Chegarasi, Parallel Import, Chegara Punktlari, Import Avtomobillari, Util Yig‘imi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing