08:03 / 15.11.2025
4 200

Rubialesni oʻz togʻasi tuxum bilan hujum qildi


Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining sobiq rahbari Luis Rubiales yana noqulay vaziyatga tushib qoldi. U oʻzining kitob taqdimotini oʻtkazishga qaror qilgan edi, biroq tadbir davomida kimdir unga chirigan tuxumlar uloqtira boshladi.

Maʼlum boʻlishicha, bu ishni uning oʻz togʻasi qilgan. Rubiales uni quvlashga harakat qildi, ammo boshqalar uni toʻxtatib qoldi va vaziyat jiddiy tus olmasligiga yoʻl qoʻyilmadi.

"Yaxshiyamki, meni toʻxtatishdi, aks holda vaziyat qanday yakunlanishini oldindan aytib boʻlmasdi. Chunki u yerda boshqa odamlar ham bor edi", - dedi Rubiales jurnalistlarga.

Shu bilan birga, Ispaniya matbuotida Rubiales oʻz togʻasini bunday harakatga oʻzi undagan boʻlishi mumkinligi haqida fikrlar ham mavjud. Taxminlarga koʻra, togʻasining bu harakati Rubialesning mashhurligini oshirish va taqdimotga koʻproq eʼtibor qaratish uchun rejalashtirilgan boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas.

Ushbu kitob Rubialesning Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Jennifer Hermosoni oʻpishi ortidan yuzaga kelgan mojarolar haqida yozilgan.
Luis Rubiales, Ispaniya Qirolligi, Kitob Taqdimoti, Mojaro Sabablari, Jurnalist Fikrlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing