17:18 / 23.09.2025
3 680

UZTELECOM MDHda birinchi bo‘lib ICTWEEK 2025da U6G (5G-Advanced) texnologiyasini namoyish etmoqda

 

Toshkent, 2025-yil 23-sentyabr. 23–26-sentyabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) xalqaro koʻrgazma markazida mintaqaning eng yirik texnologik tadbiri – ICTWEEK 2025 bo‘lib o‘tmoqda. Unda 50 dan ortiq mamlakat vakillari, 300 dan ziyod kompaniyalar va minglab mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ushbu tadbirda UZTELECOMO‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lmagan va MDH hududida birinchi bo‘lgan yechimlarni taqdim etmoqda.

UZTELECOM: oddiy aloqadan – raqamli ekotizimgacha

Zamonaviy futuristik uslubda interaktiv ekranlar bilan jihozlangan stendda MDHda ilk bor amalga oshirilgan texnologiyalar namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar yangi xizmatlarni sinab ko‘rish, 10 Gbit/s tezlikdagi real internet ko‘rsatkichlarini kuzatish va U6G mobil aloqa imkoniyatlari bilan tanishish fursatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ham biznes, ham jismoniy shaxslar uchun jahon darajasidagi xizmatlardan foydalanish imkonini yaratadi.

Simli internet va mobil aloqada ilg‘or texnologiyalar: MDHda birinchi marta U6G (5G-Advanced) texnologiyasi joriy etildi

ICTWEEK 2025 doirasida Kompaniya MDHda birinchi marta U6G diapazonidagi 5G-Advanced texnologiyasini namoyish etdi. Bu voqea O‘zbekistonda mobil aloqaning yangi avlodini boshlab berdi va eng kam kechikish bilan 10 Gbit/s gacha tezlikka erishish imkonini yaratdi. Namoyish vaqtida real tezlik 10.16 Gbit/s gacha yetib, infratuzilmaning amaliy qo‘llanishga tayyorligini tasdiqladi.

U6GHz chastotasi internetning eng yuqori tezligini ta’minlab, strategik ustunlik yaratadi. Bu 6G texnologiyasiga tayyor infratuzilmani shakllantirish orqali O‘zbekistonning ilg‘or raqamli yechimlar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

"O‘zbekiston 5G-Advanced texnologiyasi, ya’ni U6G chastota diapazoni bilan oldinga ulkan qadam qo‘ymoqda hamda Markaziy Osiyoda raqamli texnologiyalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Biz MDHda birinchi bo‘lib 10 Gbit/s tezlikdagi optik tolali internet va U6G diapazonidagi mobil aloqani ishga tushirayotganimizdan faxrlanamiz. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqimizga jahon darajasidagi yechimlarni taqdim etish uchun o‘z infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirmoqda", – dedi “O‘zbektelekom” AK boshqaruv raisining tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Javlon Islamov.

Biznes va tashkilotlar uchun yechimlar

ICTWEEK 2025 doirasida UZTELECOM quyidagi yangi xizmatlarini taqdim etdi:

Bulutli xizmatlar – Tier III darajasidagi data-markazdajoylashgan virtual serverlar, sun’iy intellekt uchun kuchli GPU resurslari, 11 petabaytdan ortiq hajmdagi xavfsiz ma’lumotlar ombori va 99,99% ishonchlilik.

1C UZTELECOM – milliy standartlarga mos, avtomatik yangilanadigan onlayn buxgalteriya va boshqaruvtizimi.

UZTELECOM HRM – kadrlarni boshqarish uchun yagona raqamli platforma: xodimlarni ishga qabul qilishdan tortib, KPI ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va ish vaqtini hisoblashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab oladi.

Telecom Car – xodimlar uchun xizmat avtomobillarini tezkor buyurtma qilish servisi, kompaniya uchun esa safarlar va xarajatlarni nazorat qilish imkoniyati.

Smart Building – AI va Big Data asosida ishlovchi “aqlli bino” yechimi bo‘lib, tashrif buyuruvchilar oqimini real vaqt rejimida tahlil qiladi, xavf-xatarlarni aniqlaydi va obyekt egalari uchun samaradorlik hamda xavfsizlikni oshiradi.

Kiberxavfsizlik – biznesni himoya qilish uchun kompleks yechimlar majmuasi: tahdidlarni monitoring qilish, DDoS-hujumlardan himoya va raqamli savodxonlik bo‘yicha o‘quv platformasi.

Shuningdek, Kompaniya korxonalarga mijozlar bilan uzluksiz muloqot olib borish va barcha aloqa kanallarini boshqarishni yengillashtiruvchi xizmatlarni ham taqdim etdi:

Virtual raqam – internet yoki alohida qurilmasiz ishlaydigan xizmat. Bir vaqtning o‘zida bir nechta qo‘ng‘iroqni qabul qilish, avtomatik javob beruvchi, ovozli menyu, suhbatlarni yozib olish va statistikani kuzatish imkonini beradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing