08:02 / 21.12.2025
1 711

Neymar Anchelottidan Braziliyaga Jahon chempionatida yordam so'radi


Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar bosh murabbiy Karlo Anchelottiga murojaat qilib, jamoaga 2026 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqishda yordam berishni so'radi. Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi mundial tarixda ilk bor bir vaqtning o'zida uch davlatda — AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.

Fabrizio Romano keltirgan iqtibosga ko'ra, Neymar shunday dedi: «Biz Jahon kubogini Braziliyaga olib kelish uchun qo'limizdan kelgan hamma narsani, hatto imkonsizini ham qilamiz. Iyul oyida bu gaplarim uchun mendan hisob so'rashingiz mumkin.

Hey, Anchelotti, bizga yordam bering!» Shuningdek, bo'lajak mundial 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan ilk turnir bo'ladi. Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati kubogini oxirgi marta 2002 yilda qo'lga kiritgan.

Braziliyaliklar besh karra jahon chempioni hisoblanadi.
Braziliya terma jamoasi, Jahon chempionati, Karlo Anchelotti, Fabrizio Romano, mundial
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing