Gyokeresh penaltisi «Arsenal»ni peshqadamlikka qaytardi, intriga avjida (video)

Angliya Premer-ligasining 17-turida Liverpuldagi «Gudison Park»da qiziqarli to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Arsenal" safarda "Everton"ni minimal hisobda mag‘lub etdi va turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 27-daqiqada Viktor Gyokeresh penaltidan aniq zarba yo‘llab, «kanonirlar»ga qimmatli uch ochko olib keldi. Bu g‘alaba tufayli londonliklar ochkolarini 39 taga yetkazib, asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan "Manchester Siti"ni ortda qoldirdi.
Bellashuv davomida «Everton» ham imkoniyatlar yaratdi, ammo mezbonlar hujumlari samara bilan yakunlanmadi. «Arsenal» esa hisobni saqlab qolishda mustahkam himoya va darvozabon ishonchli o‘yiniga tayandi.
Everton — Arsenal 0:1
Gol: Gyokeresh (27, penalti).
Everton — Pikford, Alkaraz (Rol, 75), Barri (Bet-u, 66), Ayrogbunam, Garner, Grilish, Kin, Maknil (Dibling, 75), Mikolenko, O’Brayen, Tarkovski.
Arsenal — Rayya, Saliba, Timber, Kalafiori, Hinkapi, Rays, Subimendi, Edegor (Merino, 88), Saka, Trossar (Martinelli, 80), Gyokeresh (Jezus, 65).
Ogohlantirishlar: Mikolenko (26), Tarkovski (39), Gyokeresh (56), Martinelli (89).
Shu tariqa, 17-turdan so‘ng chempionatda peshqadamlik uchun kurash yana qizg‘in tus oldi. «Arsenal» birinchi o‘rinni qaytarib oldi, ammo raqobatchilar nafasini yelkada his qilib turibdi — mavsum intrigasi endigina avjiga chiqmoqda.
17-turning yana bir uchrashuvida esa sensatsiya qayd etildi. "Kristal Pelas" safarda "Lids"dan 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Bu natija turnir jadvali o‘rtalaridagi kurashni yanada qizitib yubordi.
Lids — Kristal Pelas 4:1
Gollar: Kelvert-Lyuin (38, 45+4), Ampadu (60), Stax (90+11) — Devenni (90+2, penalti).
Lids — Perri, Rodon, Biyol, Streyk, Bogl (Jastin, 80), Eronson (Tanaka, 77), Ampadu (Gruyev, 87), Stax, Gudmundsson, Okafor (Gnonto, 77), Kelvert-Lyuin (Pir-u, 87).
Kristal Pelas — Henderson, Richards, Lakrua, Gehi, Klayn (Sosa, 65), Uorton, Hyuz (Lerma, 46), Mitchell, Nketia (Devenni, 77), Pino (Tomas, 86), Mateta (Uche, 77).
Ogohlantirishlar: Lakrua (42), Gehi (45+2), Uorton (90+7).
Angliya Premer-ligasi, Arsenal jamoasi, Everton klubi, Turnir jadvali, Viktor Gyokeresh