00:10 / 19.12.2025
2 618

Levandovski Barselonada qolish uchun maoshidan voz kechishi mumkin


Robert Levandovskining kelajagi yana kun tartibida. Polshalik hujumchining Barselona bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

SER Deportivos efirida aytilishicha, Levandovski klubning maoshi kamaytirilgan shartlar asosida shartnomani uzaytirish taklifini qabul qilish ehtimolini ko'rib chiqishi mumkin. Jurnalist Adria Soldevilaning so'zlariga ko'ra, hozircha Levandovski Barselonada qoladimi yoki boshqa klubga o'tadimi, aniq emas.

Ta'kidlanishicha, klub 37 yoshida unga avvalgi maosh bilan yangi shartnoma bermoqchi emas. Hujumchining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Shu bilan birga, agar Barselona kamroq maoshli shartnoma taklif qilsa, Levandovski jamoada yana bir yil qolish uchun bunga rozi bo'lishga tayyor. Biroq hozircha muzokaralarda sezilarli siljish yo'q.

Ayni paytda Barselona La Ligada peshqadamlik qilmoqda.
Robert Levandovski, Barselona klubi, Polsha hujumchisi, La Liga, Futbol shartnomasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing