05:07 / 18.12.2025
6 886

Real Alonso masalasida Atletikogacha kutishga qaror qildi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hozircha lavozimida qoladi. Chorshanba kuni “qaymoqranglilar” Ispaniya kubogida “Talavera”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bundan avval esa La Ligada “Alaves” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Cadena SER xabariga ko‘ra, “qirollik” klubi rahbariyati Alonsoga yana biroz vaqt berish niyatida va uni kamida 8-yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Atletiko”ga qarshi o‘tadigan o‘yingacha iste’foga chiqarmaydi.

Manbada ta’kidlanishicha, murabbiyning keyingi taqdiri ko‘p jihatdan Madrid derbisining natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga qaramay, Alonsoning “matraschilar” bilan uchrashuvgacha bo‘shatilishi ham istisno etilmaydi: bu faqat jamoa 20-dekabr kuni “Sevilya”ga qarshi yoki 4-yanvar kuni “Betis”ga qarshi bahslarda mutlaqo omadsiz o‘yin ko‘rsatsa, ro‘y berishi mumkin.

Real klubi, Xabi Alonso, Ispaniya kubogi, Madrid derbisi, La Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing