23:10 / 17.12.2025
128 977

Raul Riancho Zaxaryanning RPLga qaytishini xato deb biladi


Moskvaning «Spartak» klubi sobiq bosh murabbiyi Raul Riancho rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, futbolchining Rossiyaga qaytishi borasida hozircha gap-so'zlar yo'q.

Riancho «RB Sport»ga bergan izohida: «Agar u RPLga qaytsa, Yevropada endi hech qachon o'z o'rnini topa olmaydi. Shuning uchun Arsen bunday qadamga borishi dargumon», dedi.

Joriy mavsumda Zaxaryan San-Sebastyanning «Real Sosyedad» safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol muallifiga aylandi. Zaxaryanning «Real Sosyedad» bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Futbolchining bozor bahosi 7,5 million yevroga teng.
Raul Riancho, Arsen Zaxaryan, Real Sosyedad, Rossiya futboli, Yevropa transferlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing