19:12 / 14.11.2025
1 197

Zaxaryanning transferi mavzusida agent fikri


Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barbosa "Real Sosyedad" futbolchisi Arsen Zaxaryanning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Soʻnggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida Rossiyalik yarim himoyachining Fransiya Liga 1 jamoalari — PSJ va Lion qiziqish doirasiga tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

"Arsen Ispaniyada oʻz ishini davom ettirishi kerak. Zaxaryan bu mavsumda oʻz imkoniyatlarini oladi.

Mavsum o'rtasida boshqa ligaga, butunlay boshqa futbolga oʻtish maqsadga muvofiq emas", — dedi Barbosa Legalbet nashriga. Zaxaryan 2023-yil yozida "Real Sosyedad"ga qoʻshilgan.

Joriy mavsumda u yetti oʻyinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻldi.
Futbol Agentlari, Real Sosyedad, Arsen Zaxaryan, Fransiya Liga, Legalbet Nashri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing